» » Samarqanddagi “Registon” mehmonxonasida COVID-19’ga gumon qilinganlarni saqlash va taqsimlash markazi tashkil etildi

Samarqanddagi “Registon” mehmonxonasida COVID-19’ga gumon qilinganlarni saqlash va taqsimlash markazi tashkil etildi


Samarqand shahrida joylashgan “Registon” mehmonxonasida koronavirusga gumon qilingan fuqarolarni saqlash va kasallik aniqlangan bemorlarni taqsimlash markazi tashkil qilindi. Bu haqda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyozov ma’lum qildi.

Shu vaqtga qadar koronavirus alomatlari kuzatilayotgan va kasallikni aniqlash uchun test topshirgan, biroq test javobi chiqmagan fuqarolar o‘z uyida saqlanayotgan edi.

Samarqand viloyati hokimligi mazkur fuqarolarni saqlash uchun “Registon” mehmonxonasini ajratib bergan. Koronavirusga gumon qilingan kishilar mazkur mehmonxonada tashkil qilingan taqsimlash markaziga joylashtiriladi. Ulardan test olinadi, o‘pkasi rentgen qilinadi. Kasallik aniqlangan fuqarolar ulardagi kasallikning darajasiga qarab tegishli kasalxona va bo‘limlarga jo‘natiladi.

Shuningdek, viloyat hokimligi tomonidan dori vositalari zaxirasini shakllantirish uchun 5 milliard so‘m ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazma markazi maydonlarida koronavirusga chalingani gumon qilingan bemorlarga aniq tashxis qo‘yish va kasallik darajasini aniqlash, shuningdek, bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatish va ularni klinikalarga taqsimlash markazi tashkil etilmoqda. Taqsimlash markazi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, u yerga tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilish jarayoni boshlangan.

Mavzuga doir: Samarqand viloyat SSB rahbari hozirda aniqlanayotgan koronavirus bemorlari 100 foiz aholi orasidan chiqayotganini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют