» » AQSh hukumati koronavirusga qarshi vaksinaga qariyb 2 mlrd dollarlik buyurtma berdi

AQSh hukumati koronavirusga qarshi vaksinaga qariyb 2 mlrd dollarlik buyurtma berdi


AQSh hukumati Germaniyaning BioNTech va Amerikaning Pfizer kompaniyalariga COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi 100 million doza BNT162 vaksinasini buyurtma qildi. Bu haqda BioNTech o‘z rasmiy saytida ma’lum qilgan.

“AQSh hukumati qiymati 1,95 milliard dollarga teng 100 million dozaga buyurtma berdi va qo‘shimcha tarzda 500 million dozaga ega bo‘lishi mumkin”, – deyiladi AQSh aholisiga vaksinaning bepul tarqatilishi haqida kompaniya bayonotida.

Qayd etilishicha, iyulda Pfizer va BioNTech kompaniyalari BNT162 vaksinasini xavfsizligi hamda samaradorligini test qiladi. Kompaniyalar oktabrda o‘z preparatini ro‘yxatdan o‘tkazishga so‘rov yuboradi va 2020-yil oxirigacha 100 million doza yetkazib beriladi. Ular 2021-yil oxirigacha 1,3 milliard dozadan ko‘proq vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Avval AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari yakuniga yetganini e’lon qilgandi. Shuningdek, u yaqin haftalarda yana to‘rtta vaksinaning sinovi yakunlanishini bildirgan.

Mavzuga doir: AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri COVID-19’ni “Tramp virusi” deb atadi

Rossiya Mudofaa vazirligi ham koronavirusga qarshi vaksina yaratilganini xabar qilgan. Uni ishlab chiqarish avgust oyida boshlanishi mumkin. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning 90 million dozalik COVID-19 vaksinasiga buyurtma bergani haqida ham xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют