» » Shahrixonda kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82 mln so‘m talon-toroj qilindi

Shahrixonda kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82 mln so‘m talon-toroj qilindi


Andijon viloyati Shahrixon tumanida kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82,2 million so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan viloyat Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi “Yakkatut” MFY mansabdor shaxslari kam ta’minlangan oilalar toifasiga kirmaydigan 51 nafar fuqaroga asossiz ravishda moddiy yordam pullarini to‘lab bergan. Oqibatida 82,2 million so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan MFY mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlari (O‘zlashtirish yoli rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi 1-qismi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahrida muhtoj oilalar uchun yig‘ilgan mablag‘larning 95 million so‘mdan ortig‘i mansabdorlar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlangandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют