» » Toshkent, Andijon va Farg‘onada “Regapen”, “Lirika”, “Tramadol” psixotrop dorilarini noqonuniy sotayotgan fuqarolar hibsga olindi

Toshkent, Andijon va Farg‘onada “Regapen”, “Lirika”, “Tramadol” psixotrop dorilarini noqonuniy sotayotgan fuqarolar hibsga olindi


Toshkentda “Regapen”, “Lirika”, “Tramadol”, Tropikamid” kabi preparatlarini noqonuniy ravishda pullayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda “A.V.F” MChJga qarashli dorixonada o‘tkazilgan tezkor tadbirda jamiyat rahbari A.I. va dorixonaning norasmiy sotuvchisi I.K. 4 dona “Regapen 150 mg” dori vositasining donasini 15 ming so‘mdan hisoblab, jami 60 ming so‘mga fuqaro M.Sh.ga sotgan vaqtda ushlangan. 780 ming so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalari va ushbu dorilar savdosidan tushgan 7,7 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Holat yuzasidan jamiyat rahbari A.I. va norasmiy sotuvchi I.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 251(1)-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K.F.” MChJga qarashli dorixona rahbari A.A. xorijda ishlab chiqarilgan 14 dona “Regapen 300 mg” dori vositasining donasini 40 ming so‘mdan hisoblab jami 560 ming so‘mga fuqaro B.N.ga sotgan vaqtida ushlangan. Noqonuniy muomalaga kiritilgan 14 dona “Regapen 300 mg” dori vositasi va dorixonada noqonuniy ravishda muomalaga kiritish maqsadida saqlanayotgan 905 dona “Regapen 300 mg” dori vositasi jami 46 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalari hamda ushbu dori vositalari savdosidan tushgan 10,8 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 251(1)-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro B.X. 250 dona “Tramadol 50 mg” dori vositasini fuqaro A.X.ga 2,5 million so‘mga sotishga kelishib, shundan 100 donasini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Andijon tumani Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda N.U. 15 dona “Tropikamid” va 42 dona “Lirika” dori vositalarini jami 2,5 million so‘mga fuqaro Sh.Q.ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan fuqaro N.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 251(1)-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

2020-yil 24-aprelda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida jami 2897 dona “Regapen”, 3425 dona “Selofen” va 8112 dona “Tropikamid” dori vositalari musodara qilingani, 10-iyunda Toshkentdan Qo‘qonga ketayotgan Lacetti salonidan 11 ming dona “Tramadol” chiqqani, 15-iyulda Samarqand viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi tashabbusi bilan psixotrop dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgani va “Lirika” psixotrop dorisini sotgan shaxslar ushlangani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют