» » “Rostov” Eldor Shomurodovni sotishga qaror qildi

“Rostov” Eldor Shomurodovni sotishga qaror qildi


“Rostov” jamoasida katta o‘zgarishlar bo‘ladi, deb yozmoqda “Sport-Ekspress” jurnalisti Vyacheslav Korotkin.

Ta’kidlanishicha, klub rivojlanish siyosatiga o‘zgarish kiritadi. “Rostov” maoshlarni kamaytiradi va o‘z yetakchilarini transferga qo‘yadi. Klub Rostov viloyatidan katta moliyaviy yordam kutmayapti.

Jurnalistning aytishicha, klub birinchi o‘rinda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Matias Normanni sotishga urinadi. Jamoa bu ikki nafar futbolchining transferidan katta pul ishlab olmoqchi.

Qayd etilishicha, “Rostov”ni istalgan futbolchi tark etishi mumkin.

Biroq “Rostov” bosh murabbiyi Valeriy Karpin, investor va prezident Artashes Arutyunyants, shuningdek sport direktori Aleksey Riskinning klubni tark etishi mumkinligi haqida avvalroq chiqqan xabarlar inkor etilgan. Ular klubda qoladi.

“Rostov” RPL 2019/20-yilgi mavsumida 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Yevropa Ligasi saralash bosqichida o‘ynash huquqiga ega bo‘ldi.

Avvalroq “Rostov” O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini 5 million taklif qilgan Belgiyaning “Gent” klubiga sotmagan edi.

Shomurodov Rossiya chempionati joriy mavsumida 28 o‘yin o‘tkazib, 11 gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Eldor Shomurodovning “Rostov” va O‘zbekiston terma jamoasi safida urgan barcha gollarini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют