» » Olimlar polietilen paketlari bilan oziqlanadigan kapalak qurtini aniqladi

Olimlar polietilen paketlari bilan oziqlanadigan kapalak qurtini aniqladi


Olimlar katta mum kuya qurti polietilen paketlarni parchalab yuborishga qodir ekanligini aniqladi. Ularning tadqiqot natijalari Current Biology nashrida e’lon qilindi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Ushbu kashfiyot chiqindixona va okeanlarda yig‘ilib borayotgan ulkan miqdordagi chiqindidan qutulishda yordam berishi mumkin”, — deydi tadqiqotchilardan biri, Kembrij universiteti professori Paolo Bombelli.

Polietilen tabiiy sharoitda juda sekin parchalangani uchun atrof-muhitga katta muammo tug‘dirib kelmoqda.

Asalarichilikka ishqiboz biolog Federika Bertochchini katta mum kuya qurti lichinkasi uyasidan lotinchada Galleria mellonella nomi bilan ataluvchi zararkunanda-kapalakni topib olgan. Bertochchini kapalak qurtlarini polietilen paketga yig‘ib solgan, ammo biroz vaqtdan so‘ng paketni kemirib tashlangani va qurtlar uy bo‘ylab tarqalib ketganini payqab qolgan.

Bertochchini Kembrij universitetidagi hamkasblari bilan to‘loqonli tajiba o‘tkazib, bir necha yuz kapalak qurtini supermarketdan olingan polietilen paketga joylashgan. 40 daqiqadan so‘ng olimlar birinchi teshikni topdi, 12 soatdan keyin esa qurtlar 92 milligramm polietilenni yeb qo‘ygani aniqlandi.

Olimlarning aytishicha, kapalak qurtlarining bu kabi xususiyati undagi temir moddasi bilan yoki ularning ovqat hazm qilish tizimidagi simbiont-bakteriyalarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kuya qurtining ushbu turi mum bilan oziqlangani sabab, unda polietilenni qayta ishlash qobilyati paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Olimlar keyinchalik kerakli ishni bajarayotgan moddani ajratib olib, uni sun’iy yo‘l bilan sintez qilishga umid bog‘lamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют