» » O‘zbekistonda bir kechada 152 kishida koronavirus tasdiqlandi. Bu 7-iyuldan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich

O‘zbekistonda bir kechada 152 kishida koronavirus tasdiqlandi. Bu 7-iyuldan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich


O‘zbekistonda 23-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 152 nafarga ko‘payib, jami kasallanish holatlari soni 18531 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, yangi kasallanish holatlarining

aniqlangan.

“Ayni paytda yurtimizda 9872 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan”, — deyiladi SSV axborotida. Shuningdek, SSV hisobi bo‘yicha O‘zbekistonda hozirgacha 99 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan (“Daryo” hisobi bo‘yicha vafot etganlar soni kamida 104 nafar).

O‘zbekistonda bir kechada 152 kishida koronavirus infeksiyasining tasdiqlanishi — soat 10:00 da e’lon qilingan hisobotlar kesimida 7-iyuldan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir. 7-iyul kuni O‘zbekistonda bir kechada 97 kishida koronavirus tasdiqlangan edi. Shundan so‘ng:

COVID-19 infeksiyasi aniqlangani ma’lum qilingan edi.

Qayd etish joiz, 22-iyul kuni SSV hisobi bo‘yicha kunlik kasallanish ko‘rsatkichi 17-iyuldan beri birinchi marta 500 kishilik dovondan o‘tmadi — shu kuni mamlakatda jami 498 kishida kasallik tasdiqlangani ma’lum qilindi (bungacha kunlik kasallanish holatlari soni so‘nggi besh kun davomida 562 tadan kam bo‘lmagandi).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют