» » Bollivudning eng mustahkam va namunali oilalari (foto)

Bollivudning eng mustahkam va namunali oilalari (foto)


To‘y bo‘lganiga hech qancha bo‘lmay ajralishlar ko‘payib ketayotgan bir vaqtda uzoq yillardan beri baxtiyor hayot kechirib kelayotgan juftliklar sevgisi va sadoqatiga, turli vaziyatlarni yenggan Bollivud yulduzlariga qoyil qolmay iloj yo‘q.

Amitabh Bachchan va Jaya Bachchan

“Zanjir” filmining suratga olish jarayonida tanishgan juftlik 1973-yil turmush qurgan. Orada turmush o‘rtog‘ining aktrisa Rekhaga ilakishib qolgani haqida mish-mishlar tarqalganiga qaramay Jaya oilani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. 40 yildan beri ahil hayot kechirayotgan Bachchanlar bir-biriga bo‘lgan munosabatlarini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishni istamaydi, ammo ularning oilasi mustahkamligiga havas qilsa arziydi.

Shohrux Xon va Gauri

Bollivud qiroli, bo‘lajak rafiqasi unga turmushga chiqishi uchun 6 yil ketidan yurishiga to‘g‘ri kelgan va shundan keyin juftlik 1991-yilda munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlagan. 29 yildan buyon sevib-sevilib yashab keladigan yulduzli oiladan boshqalar o‘rnak olsa arziydi.

Rishi Kapur va Nitu Singh

1979-yilda turmush qurgan yulduzlarning ikkisi ham o‘sha vaqtda mashhur edi. To‘ydan keyin juftlikning tez orada ajralib ketishi haqida taxminlar paydo bo‘lgan, lekin yulduzlar buning noto‘g‘ri ekanini isbotlagan. Ular o‘rtasidagi sevgi hayotning achchiq-chuchuk vaziyatlarini yengib o‘tishga yordam bergan. Nitu turmushga chiqqanidan keyin karyerasini to‘xtatib o‘zini oila va farzandlariga baxsh etgan. Keyinroq u “Sevgi kecha va bugun” filmida eri bilan birga epizodik rol ijro qilgan.

Rishi va Nitu Kapurlar aktyorning 2020-yilda saraton tufayli olamdan o‘tguniga qadar, ya’ni 40 yil baxtli hayot kechirgan.

Dilip Kumar va Sayra Banu

53 yildan buyon baxtli turmush kechirib kelayotgan juftlikka qoyil qolsa arziydi. Karyerasining gullab-yashnagan vaqtida turmush qurgan yulduzlar oilani hamisha muqaddas deb bilgan.

Boni Kapur va Shridevi

90-yillarning mashhur aktrisalaridan biri bo‘lgan Shridevining go‘zalligi Boni Kapurni o‘ziga maftun qilgan. Aktyor aktrisaning oila qurishga rozilik berishini 15 yil kutgan. Ular Boni oilali va ikki farzandli bo‘lishiga qaramay oila qurgan. Juftlik 2018-yilda Shridevining fojiali o‘limiga qadar 21 yil baxtli hayot kechirgan.

Ajay Devgan va Kajol

1999-yilda turmush qurgan juftlikning fe’l-atvori bir-biridan farq qilardi. Aktyor og‘ir-bosiq va kamgap, aktrisa bo‘lsa kirishimli va sergap bo‘lgan. 15 yildan beri baxtli hayot kechirib kelayotgan juftlik, bugungi kunda ikki farzandning ota-onasi.

Dxarmendra va Hema Malini

“Ko‘rkam va qaysar” filmining suratga olish jarayonida Dxarmendra va Hema Malini o‘rtasida sevgi paydo bo‘lgan. Ammo Dxarmendraning oilasi va ikki farzandi bo‘lgani uchun ham Hema munosabatlarga rozi bo‘lmagan. Oradan 10 yil o‘tibgina — 1980-yilda juftlik turmush qurishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют