» » 21 yoshli Trent Aleksander-Arnold o‘zi o‘rnatgan APL rekordini yangiladi

21 yoshli Trent Aleksander-Arnold o‘zi o‘rnatgan APL rekordini yangiladi


“Liverpul” klubi Angliya Premyer Ligasi 37-turida “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratdi (5:3).

Uchrashuvning 55-daqiqasida Trent Aleksander-Arnoldning uzatmasidan keyin Roberto Firmino “qizillar”ning o‘yindagi 4-goliga mualliflik qildi.

Bu 21 yoshli futbolchi uchun APL joriy mavsumidagi 13-golli uzatma bo‘ldi. Shu tariqa Aleksander-Arnold Premyer Liga bir mavsumi davomida eng ko‘p samarali uzatma amalga oshirgan himoyachiga aylandi.

2018/19-yilgi mavsumda o‘rnatilgan avvalgi rekord (12 ta assist) ham Trentga tegishli edi.

Angliya terma jamoasi himoyachisi joriy mavsum milliy chempionatda 37 o‘yin o‘tkazdi va to‘rtta gol urishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют