» » O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 8,5 mingdan oshdi. 127 bemorning ahvoli og‘ir

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 8,5 mingdan oshdi. 127 bemorning ahvoli og‘ir


O‘zbekistonda 23-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra rasman 8560 kishi koronavirusdan davolanmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Qayd etish joiz, bu vaqtga kelib jami kasallanish holatlari soni 18 531 taga yetgan (rasmiy statistika bo‘yicha, 99 ta holatda bemorlar vafot etgan).

“Hozirda mamlakatimizda 8560 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi vazirlik axborotida. Ularning qanchasida kasallik alomatlarsiz (simptomlarsiz) kechayotgani ma’lum qilinmagan. Ma’lumot uchun, 5-iyuldan boshlab kasallik yengil (simptomlarsiz) kechayotgan bemorlar uy sharoitida davolanishiga ruxsat berilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qancha bemorning koronavirus infeksiyasidan uyda davolanayotgani ma’lum qilindi

Shu tariqa, 23-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra 8560 nafar bemorning 6066 nafari Toshkent shahrida, 17 nafari Farg‘ona viloyatida, 30 nafari Xorazm viloyatida, 59 nafari Navoiy viloyatida, 69 nafari Jizzax viloyatida, 131 nafari Qashqadaryo viloyatida, 136 nafari Samarqand viloyatida, 117 nafari Qoraqalpog‘istonda, 151 nafari Buxoro viloyatida, 162 nafari Surxondaryo viloyatida, 216 nafari Sirdaryo viloyatida, 300 nafari Andijon viloyatida, 955 nafari esa Toshkent viloyatida davolanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shimcha qilishicha, ayni vaqtda davolanayotgan 8560 nafar bemorning 127 nafari og‘ir ahvolda, shundan 27 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Qayd etish joiz, og‘ir ahvoldagi bemorlar soni 20-iyuldan beri rasman 100 nafardan kamaymayapti — shu kuni va 21-iyulda 104 nafardan bemorning, 22-iyul kuni esa 133 bemorning ahvoli og‘ir ekani rasman ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: O‘zSSV “vaqtida murojaat qilmay, uyida davolangan” degan marhum bemorni kasalxonalar bir necha bor qabul qilmagan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют