» » Munisa Rizayeva ota-onasi pnevmoniyaga chalingani, ularning ahvoli og‘ir ekanligini ma’lum qildi

Munisa Rizayeva ota-onasi pnevmoniyaga chalingani, ularning ahvoli og‘ir ekanligini ma’lum qildi


Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’da jonli efirga chiqib, o‘zi, ota-onasi kasal ekanligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ayniqsa, ota-onasining ahvoli og‘ir. Xonanda 21-iyul kuni kislorod apparati izlayotgani, ushbu uskuna shahar shifoxonalarida qolmaganini bildirgan edi.

“Iltimos, o‘zingiz va oila a’zolaringiz salomatligini asrang. Hech qayerga chiqmang. Nafaqat koronavirus, undan ham yomon kasallik chiqqan. Onam ham, otam ham — hammamiz kasalxonadamiz. Pnevmoniya — eng yomon kasallik. Juda ham ko‘p insonlar pnevmoniya bilan kasallanmoqda. Ota-onam juda og‘ir ahvolda”, — deydi Munisa Rizayeva.

Xonanda Instagram’dagi Stories’ga Akfa Medline xususiy klinikasida ukol olayotgani aks etgan videolar joylashtirdi.

Avvalroq aktrisa Muqaddas Xoliqova, xonanda Kaniza, rejissor Sarvar Karimov va uning oilasi, “Benom” guruhi xonandasi Komil koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Fotojamlanma: Koronavirus aniqlangan taniqli shaxslar 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют