» » Trilogiya: Saul Alvares hamda Gennadiy Golovkin o‘rtasida 3-jang ham o‘tkaziladigan bo‘ldi

Trilogiya: Saul Alvares hamda Gennadiy Golovkin o‘rtasida 3-jang ham o‘tkaziladigan bo‘ldi


Professional boksning o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Saul “Kanelo” Alvares ushbu vaznning IBF hamda IBO kamarlari sohibi Gennadiy Golovkinga qarshi uchinchi jangini o‘tkazadi.

Ular o‘rtasidagi revansh jangi 2021-yil may oyida tashkillashtiriladi. Revansh jangi tashkilotchilarga chiptalar sotuvidan 27 million dollar keltirishi kutilmoqda. Shu boisdan bokschilarning promouterlari jangni muxlislarsiz o‘tkazish g‘oyasidan voz kechgan. Agar muxlislarsiz o‘tkazishiliga tomonlar rozi bo‘lganda, jang keyingi yilga qolmasligi mumkin edi.

Saul ushbu jang uchun 45 million dollar gonorarga ega bo‘ladi. Golovkin esa 30 million dollar oladi. Bu ular uchun faoliyatidagi bitta jang uchun rekord darajadagi gonorar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Saul Alvares va Gennadiy Golovkin o‘rtasidagi birinchi jang 2017-yil 16-sentabrida tashkil etilgan, unda tomonlar durangga rozi bo‘lgan. Ikkinchi jang esa 2018-yil 15-sentabrda bo‘lib o‘tgan. Unda Saul Alvaresning qo‘li baland kelgan.

Saul Alvares va Gennadiy Golovkin o‘rtasidagi ikkala jangni ham tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют