» » Germaniyalik olimlar koronavirus tarqalishini kuzatish uchun ommaviy konsert uyushtiradi

Germaniyalik olimlar koronavirus tarqalishini kuzatish uchun ommaviy konsert uyushtiradi


Galle universiteti klinikasi olimlari (Germaniya) to‘rt ming kishi ishtirokida tajriba o‘tkazadi. Bu koronavirus infeksiyasining yopiq binolarda o‘tkazilgan ommaviy tadbirlarda tarqalish mexanizmini yaxshiroq tushinishga yordam beradi, deb yozadi IFLScience.

Mutaxassislar 22-avgust kuni Leypsigda konsert o‘tkazib, unga 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom insonlarni jalb etish niyatida. Ular tadbir boshlanishidan 48 soat oldin COVID-19’ga test topshiradi.

Ishtirokchilarga respiratorlar va fluoressent antiseptiklar tarqatiladi. Buning yordamida ekspertlar tashrif buyurgan mehmonlar qaysi yuzalarga ko‘proq teginganini kuzata oladi.

Shuningdek, volontyorlarga elektron brasletlar ham taqdim etiladi, bu ularning aloqa chastotasini, ijtimoiy masofalanishga qanchalik rioya qilganini qayd etib boradi. Qurilmadagi ma’lumotlar yig‘ilib, virusning bir odamdan boshqaga yuqishini o‘rganishga yordam beradigan kompyuter model yaratiladi.

Tajriba davomida uchta ssenariy bo‘yicha ish olib boriladi. Birinchisi, odamlarning bir-biri bilan aloqasi modellashtiriladi, biroq ular pandemiyaga qadar niqob taqishga majbur bo‘ladi. Ikkinchisida esa, ko‘ngillilarning harakati nazorat qilinadi va ijtimoiy masofalanishga imkon qadar amal qilinadi. Uchinchi ssenariyda ishtirokchilar 1,5 metr oraliq masofaga rioya qilishi belgilangan.

“Pandemiya ko‘ngilochar sohani shol qilib qo‘ydi. Kasallanish xavfi bor ekan, hech qanday konsert, yarmarka yoki sport tadbirlari o‘tkazilmaydi. Shu sababli qay yo‘sinda yo‘lga qo‘yilgan texnik va tashkiliy ssenariy kasallik tarqalishi xavfini kamaytirishga yordam berishini aniqlash muhim”, — deydi Saksoniya-Anxalt iqtisodiyot vaziri Armin Villingman.

Avvalroq amerikalik biolog koronavirusga immunitet borasida “ijobiy va salbiy” xulosalarni ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют