» » Andijonda 28 yoshli erkak ukalari bilan birga qo‘shnisini tayoq bilan urib o‘ldirib qo‘ydi

Andijonda 28 yoshli erkak ukalari bilan birga qo‘shnisini tayoq bilan urib o‘ldirib qo‘ydi


Andijonda qarzini qaytara olmagan qo‘shnisini kaltaklab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 20-iyul kuni soat 23:00 da Buloqboshi tumani “Uchtepa” MFYda yashovchi 28 yoshli K.A., qo‘shnisi R.S.dan (43 yosh) 1000 AQSh dollari miqdoridagi qarzini so‘rab kelgan vaqtida o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal davomida K.A., tanishi 21 yoshli N.Q. hamda ukalari 25 yoshli A.A., voyaga yetmagan 17 yoshli O.A. bilan birgalikda R.S.ni o‘sha yerdagi yog‘och tayoq bilan tanasining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada R.S. olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida R.S.ga tan jarohati yetkazilgan bir dona tayoq ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha K.A., A.A. va N.Q. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda voyaga yetmagan 17 yoshli O.A.ning harakatlariga huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют