» » Kitob tumani SEOM boshlig‘i niqobsiz yurgan fuqarolarga jarima qo‘llamaslik uchun 600 ming so‘m pora oldi

Kitob tumani SEOM boshlig‘i niqobsiz yurgan fuqarolarga jarima qo‘llamaslik uchun 600 ming so‘m pora oldi


Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi (SEOM) Kitob tumani filiali boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib “Kun.uz” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, SEOM Kitob tuman filiali boshlig‘i Q.N. fuqaro M.Yu.dan fuqarolar tomonidan karantin qoidalarini buzib, niqobsiz yurganliklari holati yuzasidan unga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 800 ming pora talab qilgan. Shundan 600 ming so‘mni olgan vaqtida departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan filial boshlig‘i Q.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlarga ajratilgan pullarning talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlanmoqda. Xususan, Andijon viloyatida SEOM mansabdor shaxslari 159,3 million so‘m miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyat SEOMda 917,8 million so‘m, Namangan viloyat SEOMda 248,9 million so‘m, Navoiy viloyat SEOMda 222,3 million so‘m, Buxoro viloyat SEOMda 204,6 million so‘m mablag‘ talon-toroj bo‘lgani aniqlangan edi.

Bu holatlarning barchasi dezinfeksiya vositalarini bozor narxidan qimmat narxlarda xarid qilish bilan bog‘liq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют