» » O‘zbekistonda bolaga ta’lim-tarbiya berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarima miqdori oshirildi

O‘zbekistonda bolaga ta’lim-tarbiya berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarima miqdori oshirildi


Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni bolaga ta’lim-tarbiya berish borasidagi majburiyatlarini bajarmaganlik uchun jarima miqdorini oshirish ko‘zda tutilgan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”ni qonunni imzoladi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi bazaviy hisoblash miqdori (223 000 so‘m)ning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (avvalroq 0,5 baravardan 3 baravargacha edi).

Shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima bilan jazolanadi (avval 3 baravaridan 5 baravarigacha edi).

Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (avvalroq 5 baravaridan 10 baravarigacha edi).

Huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 15  baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga (avval 10 baravaridan 20 baravarigacha edi) yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Bolaga ta’lim-tarbiya berish borasidagi majburiyatlarini bajarmaganlik uchun jarima miqdorini oshirish taklifi 2019-yilning dekabr oyida Bosh prokuratura tomonidan kiritilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda o‘qituvchilar faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют