» » Shavkat Mirziyoyev mamlakatda koronavirus bilan birga pnevmoniya ham tarqalayotganini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda koronavirus bilan birga pnevmoniya ham tarqalayotganini ma’lum qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir avvalida mamlakat pandemiyaga qarshi qanday kurash olib borayotganiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin cheklovlari yana uzaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev hozirda COVID-19 yuqtirganlar soni 18 700 nafardan oshgani, vaziyat hamon jiddiy bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.

“Ahvoli og‘ir bemorlar soni ko‘payib bormoqda. Koronavirusga qo‘shimcha ravishda pnevmoniya holatlari ham keng tarqalmoqda. Shu sababli, oxirgi 10 kunda 4 ta selektor o‘tkazib, hokimlar, vazirlar va boshqa mutasaddi rahbarlarga qo‘shimcha davolash o‘rinlarini tashkil etish, simptomsiz kasallarni uyda tizimli davolash, ularni zarur dori-darmon va oziq-ovqat bilan ta’minlash, tez tibbiy yordam tizimi ishini yaxshilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar bergan edim. Bugun hisobotlarni eshitamiz”, — dedi davlat rahbari.

Prezidentning ma’lum qilishicha, oxirgi kunlarda koronavirusni davolash uchun qo‘shimcha 46,5 mingta o‘rin ajratilgan, yana 31 mingta o‘rin tashkil etiladi, 397 ta tez tibbiy yordam mashinasi xarid qilingan, bir oy muddatda yana 409 ta mashina joylarga yetkaziladi.

Ta’kidlanishicha, xalqaro va mahalliy tajribani hisobga olib, koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasi yangilandi. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va kollejlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar va pensiyaga chiqqan mutaxassislar orasidan jami 5 ming shifokor hamda 9 ming nafar hamshira bemorlarni davolash va maslahat berishga jalb etildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda koronavirusni davolash strategiyasini o‘zgartirish bo‘yicha topshiriq bergandi. Shuningdek, davlat rahbari hududlar rahbarlariga tibbiyot kollejlari bitiruvchilarini ishga jalb qilish haqida ko‘rsatma bergandi.

Avvalroq Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyozov hozirgi paytda koronavirus infeksiyasi mart—aprel oylaridagiga qaraganda boshqacha kechayotgani, kasallangan bemorlarning ko‘pchiligida ikki tomonlama pnevmoniya aniqlanayotgani, pnevmoniya aniqlangan ba’zi bemorlarda koronavirusning o‘zi mavjud emasligini ma’lum qilgandi.

O‘zbekistonda 23-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra rasman 8560 kishi koronavirusdan davolanmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda davolanayotgan 8560 nafar bemorning 127 nafari og‘ir ahvolda, shundan 27 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Qayd etish joiz, og‘ir ahvoldagi bemorlar soni 20-iyuldan beri rasman 100 nafardan kamaymayapti — shu kuni va 21-iyulda 104 nafardan bemorning, 22-iyul kuni esa 133 bemorning ahvoli og‘ir ekani rasman ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют