» » Eski Fiat va yangi BMW krash-testi mashinalarning xavfsizlik tizimi qanchalik evolyutsiyaga uchraganini ko‘rsatib berdi (video)

Eski Fiat va yangi BMW krash-testi mashinalarning xavfsizlik tizimi qanchalik evolyutsiyaga uchraganini ko‘rsatib berdi (video)


Shveysariyadagi Dinamik sinovlar markazi ekspertlari politsiya xodimlariga mo‘ljallangan BMW 525 universalining orqa qismi qanchalik xavfsiz ekanligini tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Buning uchun ular avtoturargohda turgan avtomobil “ustiga” eski Fiat Uno’ni haydadi, deb xabar beradi Motor.

Sinovni o‘tkazish uchun BMW’ning orqa o‘rindig‘iga uchta maneken o‘rnatilgan bo‘lib, ularga xavfsizlik kamarlari taqilgan. Shuningdek, zarba qanchalik kuchli bo‘lishini kuzatish maqsadida universal yukxonasi qurilmalarga to‘ldirilgan. Ekspertlar katta tezlikda kelib uriladigan avtomobil sifatida 1983-yilda ishlab chiqarilgan Fiat Uno’dan foydalangan. Bu orqali ular o‘nlab yillar davomida mashinalardagi xavfsizlik tizimi qanchalik o‘zgarganini ko‘rsatib berish niyatida bo‘lgan.

Italiya xetchbeki soatiga 90 kilometr tezlikda harakatlanib, nemis universalining orqasiga kelib urilgan. Kuchli zarba oqibatida Fiat’ning old qismi butunlay pachoqlanib ketgan. Agar bu vaqt mashina ichida yo‘lovchi bo‘lganida uning avariya qurboniga aylanish ehtimolligi juda yuqori bo‘lgan bo‘lar edi.

BMW esa to‘qnashuv kuchli bo‘lganiga qaramay, butun zarbani modelning orqa bamperi qabul qilib olgan. Universalning orqa oynasi biroz darz ketgan, maneken va yukxonadagi qurilmalar butun qolgan. Mazkur sinov avtomobillarning xavfsizlik tizimi 30 yil ichida qanchalik o‘zgarganiga yorqin misol bo‘la oladi.

Mavzuga doir: Mercedes-Benz krash-test manekenlari hayotiga bag‘ishlangan serial yaratdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют