» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalari xodimlari unvon, orden va medallar bilan mukofotlanadi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalari xodimlari unvon, orden va medallar bilan mukofotlanadi


O‘zbekistonda koronavirsga qarshi kurashayotgan bir guruh tibbiyot, Ichki ishlar, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlari va boshqa tashkilotchilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlanadi. Bu haqda Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Shu o‘rinda o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, kasallikka qarshi mardona kurashayotgan fidoyi shifokorlarimizga har qancha rahmatlar aytsak, arziydi. Bugun koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi salomatligini muhofaza qilish va hayotini asrash, yurtimizda infeksiyani jilovlashda ulkan jasorat va fidoyilik namunalarini ko‘rsatgan bir guruh tibbiyot, Ichki ishlar, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlarini va boshqa tashkilotchilarni faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladim”, — dedi davlat rahbari.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin cheklovlari yana uzaytiriladi

Oldinda bunday mukofotlar ko‘p bo‘lishi ta’kidlandi. Bu kurashda o‘zini ayamay mehnat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlari, albatta, munosib taqdirlanadi.

Ma’lum qilinishicha, pnevmoniyani davolashda nafaqat o‘zbekistonlik shifokorlar, balki videoaloqa orqali xorijdagi yetakchi mutaxassislar konsultatsiya berishga jalb qilinmoqda.

“Hozirgi vaqtda germaniyalik tibbiyot professori yurtimizga kelib, davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda. Bugun Turkiyadan bir guruh professorlar yetib keladi. Boshqa davlatlardan ham eng tajribali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ish olib boryapmiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, yig‘ilishda davlat rahbari amaldagi karantin cheklovlari yana uzaytirilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Prezident mamlakatda koronvirus bilan birga pnevmoniya ham tarqalayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusning birinchi to‘lqiniga qarshi kurashda 15 nafar xitoylik shifokor va 1 nafar koreyalik mutaxassis ham ishtirok etgandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga minnatdorchilik bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют