» » Buxoro hokimligi bloger aytayotgan narxda kislorod kontsentratori bor bo‘lsa, xarid qilishga tayyorligini bildirdi

Buxoro hokimligi bloger aytayotgan narxda kislorod kontsentratori bor bo‘lsa, xarid qilishga tayyorligini bildirdi


Buxoro viloyatida koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga yordam berish maqsadida Dynmed kompaniyasining har biri 12 million so‘m turuvchi 50 dona tibbiyot kontsentratorini sotib olgani haqida xabar berilgandi. Telegram’dagi bakiroo kanali Dynmed kompaniyasining kislorod kontsentratorlari Alibaba’da 320 dollardan taklif etilayotganini, agar 100 tadan ortiq olinsa, 220 dollardan sotilayotganini yozib qoldirdi. “O‘zlashtirish darajasini tasavvur etyapsizmi: 3-5 barobargacha. Bunaqa ishlar uchun normal davlatda shu zahotiyoq ish ochiladi. Buyurtmachidan tortib, o‘rtada turganlargacha”, deb yozadi kanal muallifi Otabek Bakirov.

Buxoro hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev mazkur holatni izohlar ekan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan olib borilayotgan ishlarga asossiz xulosa berilayotganini qoralashini bildiradi.

“Buxoroda davolash-profilaktika ishlarini tubdan yaxshilashga e’tibor kuchaytirilayotgan ekan, demak mavjud tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun taklif etilgan arzon narxdagi tibbiyot uskunalarini xarid qilishga shaymiz. Murakkab va sinovli davrni boshimizdan kechirayotgan bir paytda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan olib borilayotgan ishlarga asossiz xulosalar berilishini qoralayman”, — deydi Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev.

“Buxoro dori-darmon” MChJ mas’ullari esa 320 dollarga taklif qilinayotgan kislorod kontsentratorlari tibbiyotga moslashtirilmagan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

“Kislorod kontsentratori orqali amalga oshirilgan bir necha kunlik davo muolajalari bemorda favqulodda o‘lim xavfini keskin kamaytirishi va ularda normal uyquni ta’minlash xususiyatiga ega. Biroq 320 dollarga taklif qilinayotgan kislorod kontsentratorlari tibbiyotga moslashtirilmagan bo‘lishi mumkin. Agar arzon narxdagi bu taklif va tashabbus to‘g‘ri bo‘lsa, tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli”, — deydi “Buxoro dori-darmon” MChJ rahbari o‘rinbosari Sodiq Gadoyev.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют