» » Qurolli mojarolar sababli dunyodagi 25 milliondan ortiq bola maktabga bormaydi

Qurolli mojarolar sababli dunyodagi 25 milliondan ortiq bola maktabga bormaydi


Dunyoning 22 ta mamlakatida yashovchi olti yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 25 milliondan ortiq bola qurolli nizolar sababli maktabga bormaydi. Bu ma’lumotlar 24-aprel, dushanba kuni YuNISEF tomonidan ma’lum qilindi, deb yozmoqda “TASS”.

“Nizolar o‘chog‘ida qolgan 22 ta mamlakatdagi olti yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 25 milliondan ortiq bola, ya’ni bu yosh guruhiga kiruvchi dunyodagi 22 foiz bola maktabga bormaydi”, — deyiladi YuNISEFning axborotida.

Boshlang‘ich sinflardagi darslarga borishda eng yomon ko‘rsatkich Janubiy Sudanda qayd etilgan. Mamlakatdagi bolalarning 72 foizi maktab ta’limidan chetda qolmoqda. Bu ko‘rsatkich Chadda 50 foizni, Afg‘onistonda esa 46 foizni tashkil qilmoqda. Bu uch mamlakatda maktabga bormaydigan qiz bolalar ham eng yuqori natijani ko‘rsatgan: mos ravishda 76%, 55% va 53%.

O‘rta maktabda darsga qatnashishning eng past ko‘rsatkichi Afrika qit’asining uch mamlakatida qayd etilgan bo‘lib,  Nigerda 32%, Janubiy Sudanda 40%, Markaziy Afrika Respublikasida 55 foizni tashkil qilmoqda.

 “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют