» » O‘zbekistonda 2020-yilda 6,4 mln tonna g‘alla yetishtirildi

O‘zbekistonda 2020-yilda 6,4 mln tonna g‘alla yetishtirildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-iyul, payshanba kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda qishloq va suv xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Prezident g‘alla yetishtirish yakunlariga to‘xtalib, shunday murakkab sharoitda ham dala mehnatkashlari omilkorlik bilan 6 million 400 ming tonnadan ortiq g‘alla hosili yetishtirganini ta’kidladi. Buning uchun barcha fermer, dehqon va klasterlarga xalq nomidan chuqur minnatdorlik bildirdi.

Videoselektorda, shuningdek, g‘o‘za parvarishi bo‘yicha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish hamda takroriy ekinlar ekish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda suvdan oqilona foydalanish masalalari haqida ham so‘z yuritildi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining 2020-yil 10-iyuldagi farmoni bilan tasdiqlangan Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida bu boradagi barcha jihatlar belgilab berilgan. Jumladan, kanallarning foydali ish koeffitsiyentini oshirish hamda 2 million gektarda suv tejovchi, shundan 600 ming gektarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish hisobiga yiliga 7 milliard kub metr suvni iqtisod qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, raqamlashtirish hisobiga elektr energiyasi sarfini 2 milliard kilovatt/soatga qisqartirish kabi ko‘rsatkichlar belgilangan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlandi

Suv xo‘jaligi vazirligi bu vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashi, xalqaro ekspertlarni jalb qilib, yangicha uslubda ishlashi zarurligi ta’kidlandi. 2025-yilga qadar sohani to‘liq raqamlashtirish, jumladan, suvni nazorat qilish va hisobini onlayn tarzda yuritish bo‘yicha dasturiy mahsulot ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

“Umuman olganda, qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilish va sohada bozor iqtisodiyotini keng joriy etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Ularning ijrosi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligiga, eng asosiysi, xalqimizning kayfiyati va turmush tarziga ta’sir ko‘rsatadigan juda muhim masala”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Soha mutasaddilari va hokimlar topshiriqlar ijrosini tashkil etish, aytib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf qilish chora-tadbirlari yuzasidan axborot berdi.

Mavuzga doir: O‘zbekistonda g‘allaning gektaridan 20 sentnerdan kam hosil olgan fermerdan yer olib qo‘yiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют