» » Valeriy Karpin: “Rostov” futbolchilari bor kuchi bilan harakat qildi, undan ortig‘i qo‘limizdan kelmasdi

Valeriy Karpin: “Rostov” futbolchilari bor kuchi bilan harakat qildi, undan ortig‘i qo‘limizdan kelmasdi


“Rostov” bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoasining Rossiya chempionati 2019/20-yilgi mavsumidagi harakatlariga baho berdi.

“Jamoani, yigitlarni tabriklashni xohlardim. Ular kuchlari yetganch borini berib harakat qildi. Ishoning, ular bundan ortig‘ini qila olmasdi. Va albatta, muxlislarimizga ham rahmat aytgan bo‘lardim. Mavsum davomida ular qo‘llab-quvvatladi, ishqibozlik qildi va jamoa uchun jon kuydirdi. Buning uchun ularga faqat tashakkur izhor qilaman”, — deydi Karpin.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov jamoasi RPL 30 turida 45 ochko to‘plab beshinchi o‘rinni band etdi va Yevropa Ligasi saralashiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shomurodov Rossiya chempionati joriy mavsumida 28 o‘yin o‘tkazib, 11 gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Eldor Shomurodovning “Rostov” va O‘zbekiston terma jamoasi safida urgan barcha gollarini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют