» » Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq Jahon chempioni Mayk Tayson 2020-yilning 12-sentabrida ringga qaytadi.

Afsonaviy bokschiga ko‘rgazmali jangda to‘rtta vazn toifasining sobiq chempioni Roy Jons raqiblik qiladi, deya xabar qilmoqda The Guardian.

Jang 12-sentabr kuni AQShning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv sakkiz raunddan iborat bo‘ladi.

54 yoshli Tayson avvalroq ko‘rgazmali janglarda ishtirok etish uchun boksga qaytishini e’lon qilgandi. 51 yoshli Roy Jons esa mashhur bokschining jang o‘tkazish taklifiga rozilik bergan.

Mavzuga doir: Roy Jons: Tayson shuncha talabgorlar ichida meni tanladi, qanaqasiga yo‘q deya olishim mumkin?

Ma’lumot uchun, Mayk ringdagi so‘nggi jangini 2005-yil o‘tkazgan. Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

Roy Jons esa professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

Roy Jons va Mayk Tayson ishtirokidagi eng sara janglarni tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют