» » O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari uchun olinadigan haq miqdori aniq belgilanadi

O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari uchun olinadigan haq miqdori aniq belgilanadi


O‘zbekistonda fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan xususiy bandlik agentliklari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar narxini aniq belgilash rejalashtirilmoqda. Bu masala Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida muhokama qilindi.

Majlisda Qonunchilik palatasi deputatlari sohani huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan “ ‘Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida’gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritiladi

Ta’kidlanishicha, amaldagi qonunda xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarga ishga joylashtirish sohasida ko‘rsatilgan axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘lanadigan haq miqdorining aniq chegarasi belgilanmaganligi ular tomonidan ushbu turdagi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha turli miqdordagi summalarning belgilanishiga sabab bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish hamda monitoringini amalga oshirishning shaffof mexanizmi mavjud emas. Mazkur omillar ularning faoliyati to‘g‘risida aniq va haqqoniy ma’lumotlar olish va tahlil qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Deputatlar tomonidan qayd etilishicha, qonun loyihasida xususiy bandlik agentliklari tomonidan ko‘rsatiladigan axborot va maslahat xizmatlari uchun olinadigan haq miqdori aniq qilib belgilanmoqda. Faoliyatning shaffofligini ta’minlash maqsadida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni real vaqt rejimida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tkazish lozimligi ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Mamlakatdan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarga zarur paytda vakolatli organlar bilan bog‘lanishga doir axborot-ma’lumotlar almashish tizimini yo‘lga qo‘yish masalasi ham qonun loyihasida o‘z aksini topmoqda. Loyihada Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga xususiy bandlik agentliklari faoliyatini ularning moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda tekshirish vakolati berilmoqda.

Deputatlarning fikricha, kiritilayotgan o‘zgarishlar ish qidirayotgan shaxslar va ularning taqdiri haqidagi ma’lumotlarning reallashishiga, aldanishlarning kamayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, xususiy bandlik agentliklari faoliyatining shaffofligi ham ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun 2018-yil oktabr oyida kuchga kirgan.

Xususiy bandlik agentliklari muammosi 2019-yil dekabrida Oliy Majlis Senatida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi. Xususan, senator Farrux Dadaxo‘jayev migrantlarning mablag‘larini himoya qilish mexanizmi yo‘qligi uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini tanqid qilib, agentliklar bilan bank hisob-kitoblarini akkreditiv asosda olib borishni taklif qilgan edi.

O‘z navbatida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonunga o‘zbekistonliklarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha vijdonsiz xizmat ko‘rsatilishidan himoya qila oladigan tuzatishlarni kiritish niyatini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют