» » Mahalla vazirligi: “Bir hafta ichida ehtiyojmand oilalarga 14 milliard so‘mdan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi”

Mahalla vazirligi: “Bir hafta ichida ehtiyojmand oilalarga 14 milliard so‘mdan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi”


Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan aholiga ijtimoiy ko‘mak berish maqsadida olib borilayotgan xayriya tadbirlari davomida naqd pul orqali xayriya qilinish holatlari kuzatilmayapti. Bu haqda 23-iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Tadbirda vazirlik axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilgan xayriya markazlarida aholiga tarqatilgan dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari xarajati to‘g‘risida so‘z yuritdi.

“Joriy yilning 14-iyulidan boshlab, vazirlik hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari tashkil etildi. Markazlarning asosiy vazifasi, homiy tashkilot va fuqarolar tomonidan xayriya qilingan oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini ehtiyojmand hamda karantin qoidalarining kuchaytirilishi munosabati bilan doimiy daromadsiz qolgan fuqarolarga yetkazib berishdan iborat.

Aholi murojaatlari hamda fuqarolar yig‘inlari tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida, 2020-yilning 14-iyulidan 22-iyuligacha, ya’ni bir hafta davomida respublika miqyosida jami 145 ming 154 ta moddiy daromad manbasini yo‘qotgan, ishsiz va ehtiyojmand oilalarga 14 milliard 67 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Bundan tashqari, 330 ta oilaga qiymati 52 million 400 ming so‘m miqdordagi dori-darmonlar ham tarqatildi”, — dedi Boymirzayeva.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют