» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashdagi fidoyiligi uchun mukofotlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashdagi fidoyiligi uchun mukofotlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonda qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab va sinovli kunlarda hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, mavjud xatarlarga qarshi kurashish, infeksiya keng tarqalishining oldini olish, mamlakatda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir qator soha xodimlari mukofotlandi.

“O‘zining matonati, bilim va salohiyati, professional mahoratini namoyon etib, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, o‘z burchi va qasamyodiga sodiq qolib, zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish yo‘lidagi ulkan jasorati va fidoyiligi uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin”, — deyiladi farmonda.

Farmonga muvofiq, koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etayotgan va kasallik oqibatida vafot etgan bir qator sohalar vakillari mukofotlandi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni

I darajali “Salomatlik” ordeni

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

“Jasorat” medali

“Sodiq xizmatlari uchun” medali

“Sog‘lom turmush” medali

“Shuhrat” medali



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют