» » Toshkentda yana 96 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 868 nafarga yetdi

Toshkentda yana 96 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 868 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 2020-yil 23-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 165 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi va kasallanganlarning umumiy soni 18 868 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Yangi kasallanish holatlarining

23-iyul kuni jami 489 ta kasallanish holati qayd etildi (soat 10:00 da +152 va soat 17:00 da +172).

23-iyul kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 98 nafar, Samarqand viloyatida 48 nafar, Sirdaryo viloyatida 43 nafar, Namangan viloyatida 28 nafar, Navoiy viloyatida 27 nafar, Jizzax viloyatida 18 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Qoraqalpog‘istonda 7 nafar, jami 277 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgan.

O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 10 149 nafarni (53 foiz) tashkil qilmoqda. 8617 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda, deyilgan SSV xabarida.

Epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda “Daryo” hisobi bo‘yicha 107, SSV taqdim qilib kelayotgan statistika bo‘yicha 102 nafar bemor koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют