» » Rafael Benites bir mavsumning o‘zidayoq “Nyukasl”ni Premyer-ligaga qaytardi

Rafael Benites bir mavsumning o‘zidayoq “Nyukasl”ni Premyer-ligaga qaytardi


Angliyaning “Nyukasl” futbol klubi kelasi mavsumni mamlakat Premyer-ligasida o‘tkazadi. Klub Chempionship liganing 44-turida “Preston” ustidan 4:1 hisobida zafar quchib, chempionatning eng kamida kumush medallarini naqd qilib qo‘ydi.

“Nyukasl”ga qadar “Brayton” klubi mana shunday sharafga muvaffaq bo‘lgandi. Mavsum yakuniga ikki tur qolganida “Nyukasl” peshqadamdan 4 ochko ortda qolgan. Demak, oltin medallar masalasi to‘liq hal etilmagan.

Chempionship liga reglamentiga ko‘ra, dastlabki ikki o‘rin egalari Premyer-ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi. 3—6-o‘rin egalari esa kubok o‘yinlarining yarim final va final bellashuvlari kabi bellashadi. Bunda 3-o‘rin sohibi 6-o‘rin bilan, 4-o‘rin egasi beshinchi jamoa bilan raqobatlashadi. G‘oliblarning o‘zaro o‘yini yetakchisi Premyer-ligaga yo‘l olgan uchinchi jamoaga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Rafael Benites o‘tgan mavsumning boshida Madridning “Real” klubini qabul qilib olgan bo‘lib, birinchi davraning o‘zidayoq ishdan bo‘shatilgan, shu mavsuning o‘zida “Nyukasl”ga taklif etilib, klubni APLda saqlab qola olmagandi. Keyingi bitta mavsum davomida esa Benites jamoasini yana elitaga qaytara oldi.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют