» » Pop tumanidagi karantin hududiga xorijdan qaytgan 750 nafardan ortiq fuqaro joylashtirildi

Pop tumanidagi karantin hududiga xorijdan qaytgan 750 nafardan ortiq fuqaro joylashtirildi


Namangan viloyatining Pop tumanidagi yangi qurib bitkazilgan karantin hududiga xorijdan qaytgan bir guruh fuqarolar joylashtirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Xorijdan, asosan, Rossiyadan qaytganlar jami 750 nafardan ortiq, ularga 82 nafar tibbiyot xodimi biriktirilgan.

Karantin markaziga joylashtirilganlar O‘zbekistonning deyarli barcha hududlaridan bo‘lib, eng ko‘pi Samarqand,  Andijon va Buxoro viloyatlari vakillari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mutasaddilarga ko‘ra, ular uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xonalar 4 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, televizor, sovutgich va dush bilan ta’minlangan. Kuniga uch mahal ovqat berilib, muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, Popdagi karantin hududi joriy yil iyun oyi o‘rtalarida qurib bitkazilgan bo‘lib, jami 1200 kishiga mo‘ljallangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют