» » “Yuventus” so‘nggi 9 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi

“Yuventus” so‘nggi 9 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi


“Yuventus” A Seriya 35-turida “Udineze”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2).

42-daqiqada oldinga o‘tib olgan turinliklar 52 va 92-daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Italiya chempionatining joriy mavsumida “Yuventus” hisobda oldinda borayotgan o‘yinlari yakunida 18 ochko yo‘qotdi. Bu klub uchun so‘nggi 9 yildagi eng yomon natija hisoblanadi.

Shuningdek, “keksa sinyora” A Seriyada 2014-yilning 29-oktabridan beri qo‘shimcha vaqtlardagi gol tufayli yutqazmayotgan edi. O‘shanda Turin shahri klubi 94-daqiqadagi gol evaziga mag‘lub bo‘lgandi.

Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi jamoa so‘nggi 5 o‘yinning bor-yo‘g‘i bittasida g‘alaba qozondi. Qolganlarida ikkita durang va ikkita mag‘lubiyat qayd etilgan.

Jamoa keyingi uch turning birortasida g‘alaba qozonadigan bo‘lsa chempionga aylanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют