» » “O‘zekspomarkaz”da koronavirusga chalinganlarga tashxis qo‘yishga mo‘ljallangan taqsimlash markazi ish boshladi

“O‘zekspomarkaz”da koronavirusga chalinganlarga tashxis qo‘yishga mo‘ljallangan taqsimlash markazi ish boshladi


Toshkentda COVID-19 kasalligiga gumon qilinganlarga aniq tashxis qo‘yish va zarur birinchi yordamni ko‘rsatishga xizmat qiluvchi taqsimlash markazi ish boshladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

23-iyul kuni Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “O‘zekspomarkaz”dagi taqsimlash markaziga borib, bu yerdagi sharoitlar va mazkur maskanning bemorlarni qabul qilishga qanchalik tayyorligini ko‘zdan kechirgan.

“Markaz bilan tanishish jarayonida bu yerga keluvchilarning xavfsizligini ta’minlash, ularni taqsimlash va joylashtirish uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratdi.

Ta’kidlash joiz, COVID-19 kasalligiga gumon qilinganlarga aniq tashxis qo‘yish va zarur birinchi yordamni ko‘rsatish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur markaz bemorlarni qabul qilishga deyarli tayyor.

Bu yerda virus borligiga gumonlangan shaxslar vaqtincha saqlanib, ularga birinchi tez yordam ko‘rsatiladi va tashxis qo‘yilganidan keyin salomatligining holatiga ko‘ra, shahrimizdagi davolash-profilaktika muassasalariga yo‘naltiriladi”, deyiladi xabarda.

Zarurat yuzaga kelganda bu yerdan shifoxona sifatida foydalanish uchun ham kerakli sharoitlar yaratilgan, buning uchun markaz talab etilgan tibbiyot jihozlari va uskunalari bilan ta’minlangan.

Markazda 250 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Bu yerga shaharning turli hududlaridan COVID-19’ga gumonlanganlar olib kelinadi. 

“Markazda infeksionist, virusolog va boshqa qator tor mutaxassislar jamlangan hamda test va tahlillarni o‘tkazish uchun zarur sharoit yaratilgan. Bemorlar uchun shifoxonalardagi kabi sharoitlar yaratilgan, zarur barcha tibbiyot jihozlari va uskunalari ta’minoti yetarli darajada yo‘lga qo‘yilgan.

Bu yerga olib kelingan fuqarolar to‘liq tahlildan o‘tkazilganidan so‘ng kasallik darajasi va salomatligining holatiga ko‘ra, shifoxonalarga yo‘naltiriladi. Xastalik yengil kechayotgan va uy sharoitida davolanishni ma’qul deb bilganlar esa uyida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan holda davolanishga yuboriladi.

Ushbu taqsimlash markazining ishga tushirilishi COVID-19’ni tashxislash va ushbu virusni yuqtirganlarni tibbiyot muassasalariga taqsimlash hamda samarali davolashda muhim vazifani bajaradi”, — deya ta’kidlanadi matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga shifokor va hamshiralar ishga taklif qilinmoqda

Ma’lumot uchun, “O‘zekspomarkaz”dagi 500 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu markaz koronavirusga chalingani gumon qilingan bemorlarga aniq tashxis qo‘yish va kasallik darajasini aniqlash, shuningdek, bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatish va ularni klinikalarga taqsimlashga mo‘ljallangan. Agar zarurat tug‘ilsa, “O‘zekspomarkaz”ning boshqa pavilyonlari ham koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan zonaga aylantiriladi.

Bu Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tashabbusi bo‘lib, vaziyat juda og‘irlashganida B rejasi bo‘lishi uchun amalga oshirilmoqda. Markazni tashkil etish va ta’minlash xarajatlari budjet mablag‘lari hisobidan qoplanmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют