» » Toshkentdagi mebel sexlarining birida yong‘in chiqdi

Toshkentdagi mebel sexlarining birida yong‘in chiqdi


Toshkentning Mirobod tumani Avliyo ota ko‘chasi 6-uyda joylashgan mebel sexida 24-iyul kuni soat 02:14 larda yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sexning ichki va tom qismining 100 kvadrat metri yonib ketgan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 02:22 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:46 da bartaraf etilgan. Sexning 100 kvadrat metr maydondan ortiq qismi saqlab qolingan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Hozirda yong‘in sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Andijondagi tikuv sexida va Sergelidagi paxta korxonasi omborxonasida, Yashnoboddagi yog‘ qadoqlash sexida, poytaxtda joylashgan Jomiy bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 125) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют