» » Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori, 20 ta PZR sinov apparati va virusga qarshi dori vositalari olib kelindi (video)

Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori, 20 ta PZR sinov apparati va virusga qarshi dori vositalari olib kelindi (video)


Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori, 20 ta PZR sinov apparati hamda virusga qarshi dori vositalari olib kelindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida ma’lum qilindi.

“Ayni kunda yurtimizda aholi orasida virusning keng tarqalib borayotgani barobarida kislorodga bo‘lgan talab ham keskin oshmoqda. Shundan kelib chiqib davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, koronavirusga qarshi tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarga mamlakatga olib kelish choralari ko‘rilmoqda. Buning uchun kerak bo‘lsa, maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlarga konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kirish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari ko‘rilishi ma’lum qilingandi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, berilgan topshiriqqa ko‘ra, zarur jihozlarni O‘zbekistonga olib kelish boshlangan. Olib kelingan zaruriy jihozlar Sog‘liqni saqlash vazirligi ixtiyoriga topshiriladi. Vazirlik esa hududlar ehtiyojidan kelib chiqib, ularni taqsimlaydi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, bu dastlabki yuk bo‘lib, tez orada yana shuncha miqdordagi tibbiyot jihozlari O‘zbekistonga olib kelinadi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 20-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kelish uchun maxsus samolyot ajratish haqida ko‘rsatma bergandi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekistonga dori vositalari va tibbiy buyumlarni, jumladan, kislorod konsentratorlarini import qilish jarayoni soddalashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют