» » Zoir Mirzayev matbuot kotibi karantinga olingani haqidagi xabarga munosabat bildirib, viloyatdagi tashkilotlarning qay birida kasallikka chalinish kuzatilganini ochiqladi

Zoir Mirzayev matbuot kotibi karantinga olingani haqidagi xabarga munosabat bildirib, viloyatdagi tashkilotlarning qay birida kasallikka chalinish kuzatilganini ochiqladi


Qashqadaryo viloyatida ayni kunga qadar viloyat prokuraturasi, IIB boshqarmasi, viloyat pochta, kadastr, Qarshi va Qamashi tuman hokimliklarida koronavirusga chalinish holati kuzatilgan. Bu haqda hokim ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, 24-iyul kuni Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev ishtirokida matbuot brifingi bo‘lib o‘tgan.

Zoir Mirzayev qashqadaryolik bloger kapitan Karimov (Umid Karimov)ning matbuot kotibi va bir nechta mas’ullar koronavirusda gumonlanib, karantinga olingani haqidagi xabariga munosabat bildirar ekan, hech kim kasallikdan kafolatlanmaganini aytdi.

“Hech kim kasallikka chalinmaydi, deb bo‘lmaydi. Hech kim bundan kafolatlanmagan. Ammo ma’lumot tarqatishda aniq va asoslangan bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim deb o‘ylayman. Tan olib aytish kerak, ayni kunga qadar viloyat prokuraturasi, IIB boshqarmasi, viloyat pochta, kadastr, Qarshi va Qamashi tuman hokimliklarida koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi”, — dedi Zoir Mirzayev.

Eslatib o‘tamiz, Zoir Mirzayevning matbuot kotibi Ahror Sodiqovning koronavirusda gumonlanib, karantinga olingani haqidagi xabarga hokimlik axborot xizmati munosabat bildirib, buni rad etgandi. Ahror Sodiqov ishda ekanligini isbotlash maqsadida videochiqish ham qilgandi.

Mavzuga doir: Qashqadaryolik bloger Zoir Mirzayevning matbuot kotibi va bir nechta mas’ullar koronavirusda gumonlanib, karantinga olinganini xabar qildi. Hokimlik esa buni rad etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют