» » Hindistonda bir kunda salkam 50 ming kishida, Braziliyada esa qariyb 60 ming kishida koronavirus aniqlandi

Hindistonda bir kunda salkam 50 ming kishida, Braziliyada esa qariyb 60 ming kishida koronavirus aniqlandi


Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni bir sutka ichida kamida 49,3 ming kishiga ko‘paydi, kasallanganlarning umumiy soni 1 287 945 kishiga yetdi. Bu haqda Hindiston Sog‘liqni saqlash va oilaviy farovonlik vazirligi xabar bermoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda hozirgacha 817 208 kishi (bir sutkada 64 159 kishi) kasallikdan sog‘aygan, 30 601 kishi (bir sutkada 740 kishi) vafot etgan. 440 135 kishi esa davolanishni davom ettirmoqda.

Koronavirus epidemiyasidan eng ko‘p mamlakat markazidagi Maharashtra shtati jabr ko‘rgan — u yerda hozirgacha 347 502 kishi kasallangan. So‘nggi bir sutka ichida eng ko‘p kasallanish holatlari Maharashtra (9 895 kishi), Andhra-Pradesh (7 998 kishi), Tamilnad (6 472 kishi), Karnataka (5030 kishi) va Uttar-Pradesh (2 516 kishi) shtatlarida qayd etilgan.

Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 59 961 kishiga ko‘payib, 2 287 475 ishiga yetgan. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha 1 570 237 kishi kasallikdan sog‘ayib ulgurgan.

Shu bilan birga, so‘nggi bir sutka ichida Braziliyada 1 311 kishi COVID-19 asoratlaridan vafot etgan — mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 84 082 nafarga yetgan.

Qayd etish joiz, 22-iyul kuni Braziliyada koronavirusga chalinish holatlari soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilangan edi — shu kuni mamlakatda salkam 68 ming kishida COVID-19 tasdiqlangan edi.

Mavzuga doir: Braziliyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada 67,8 mingdan ortiq odam COVID-19’ga chalindi

Ma’lumot uchun, Braziliya koronavirus bilan kasallanish holatlari soni bo‘yicha jahonda ikkinchi, Hindiston esa uchinchi o‘rinda turibdi (birinchi o‘rinda — AQSh). Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha 15 milliondan oshib ketgan (birgina AQShning o‘zida 4 milliondan ortiq odam kasallangan), 650 mingdan ortiq odam esa infeksiya asoratlaridan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют