» » Sirdaryoda HOWO va Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Sirdaryoda HOWO va Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi


Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Nexia rusumli avtomobil yuk mashinasiga urilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi YHXBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2020-yil 23-iyul kuni soat 19:30 larda, Sirdaryo viloyati Guliston shahar, “Bahor” MFY hududidan o‘tuvchi M–34 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 111-kilometrida haydovchi, 1989-yilda tug‘ilgan G‘.Q. Nexia rusumli transport vositasini Toshkent—Dushanbe yo‘nalishida boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda qayrilish mumkin bo‘lgan joydan ortga qayrilayotgan haydovchi Z.K. boshqaruvida bo‘lgan HOWO yuk avtomashinasining orqa tomoniga urilib, YTH sodir etgan.

YTH oqibatida Nexia rusumli transport vositasi haydovchisi 31 yoshli G‘.Q. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchilari 2000-yilda tug‘ilgan B.Turdiyev va M.Bobosherov tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tergov departamenti tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют