» » Qashqadaryodagi zavodning 267 nafar xodimida koronavirus aniqlangani ma’lum qilindi

Qashqadaryodagi zavodning 267 nafar xodimida koronavirus aniqlangani ma’lum qilindi


Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi Uzbekistan GTL zavodining 267 nafar xodimida koronavirus aniqlangan. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzayev 2020-yil 24-iyul kuni jurnalistlar bilan bo‘lgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ta’kidlanishicha, COVID-19 bilan kasallangan zavod ishchilarining 126 nafari xorijlik bo‘lib, bemorlarning 104 nafari sog‘aygan.

“Hozirda korxonaning o‘zida 7212 nafar ishchi borligini inobatga olib, respublika rahbariyati yordami bilan 3 ta PZR apparati o‘rnatilib, laboratoriya tashkil qilindi, — dedi viloyat rahbari. — Hozirgi kunga qadar 710 ta test olinib, tekshirilmoqda. Korxona xodimlarini to‘liq tekshirib bo‘lish uchun kamida sakkiz kun kerak bo‘ladi”.

Qayd etilishicha, korxonada viloyat komissiyasining ko‘chma yig‘ilishi o‘tkazilib, issig‘i chiqib murojaat qilganlarni darhol boshqalardan ajratib olish va davolash uchun alohida joyga joylashtirish, test natijasini kutmasdan davolashni boshlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatning G‘uzor tumanida qurilayotgan Uzbekistan GTL zavodi qurilishida qatnashayotgan 127 nafar kishida koronavirus aniqlangani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют