» » “Latsio” 13 yillik tanaffusdan keyin ilk bor Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma oldi

“Latsio” 13 yillik tanaffusdan keyin ilk bor Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma oldi


“Latsio” Italiya chempionatining 35-turida “Kalyari”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Rim klubi A Seriya yakunlanishiga 3 tur qolganida musobaqa jadvalida 72 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi va 5-pog‘onada borayotgan “Roma”dan 11 ochkoga oldinda bormoqda. Bu shuni anglatadiki, “Latsio” oldindagi 3 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham, Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘llanma beradigan 4-o‘rindan pastga tushib ketmaydi.

Shu tariqa “Latsio” 2007/08-yilgi mavsumdan keyin ilk bor Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘l oladigan bo‘ldi.

“Latsio” 2007/08-yilgi mavsumda saralash orqali Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqib, “Real”, “Olimpiakos” va “Verder” jamoalari bilan bir guruhdan joy olgandi. Yakunda esa rimliklar atigi 5 ochko to‘plab, guruhda so‘nggi o‘rinni egallagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют