» » Koronavirus sabab to‘xtatilgan Superliga o‘yinlari qachon davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi

Koronavirus sabab to‘xtatilgan Superliga o‘yinlari qachon davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superligasining 10 va 11-tur o‘yinlari koronavirus infeksiyasi tufayli avgust oyiga qadar qoldirilgandi.

Professional futbol ligasining (PFL) ma’lum qilishicha, Superliga o‘yinlari 3-avgustdan boshlab qayta tiklanadi.

“Kuz faslining har bir oyida O‘zPFL 10 kundan muddatni milliy terma jamoaga berishiga to‘g‘ri keladi. Demak, umumiy yana 30 kun davomida milliy chempionat o‘yinlarini o‘tkazishning iloji bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL vaqtdan yutqazmaslik uchun Superliganing birinchi davrasini markazlashtirilgan holda yakunlashga qaror qildi. Rejaga ko‘ra, 3-avgustdan boshlab Superliga qayta tiklanadi hamda 15-avgust kuni birinchi davra o‘z yakuniga etadi. Yakshanbadan tashqari, har kuni futbol uchrashuvlari o‘tkaziladi. Yakshanba kunlarida esa klublar umumiy tekshiruvdan o‘tkaziladi” — deyiladi tashkilot bayonotda.

Ta’kidlanishicha, bunda har bir klub o‘zi istiqomat qiladigan obyektdan faqatgina mashg‘ulot va o‘yin maydonlariga o‘z avtobusida safar qiladi. Klublar qarorgohi talab etilgan kunlarda muntazam dezinfeksiya qilinadi. Har bir klub joy olgan obyekt nazoratda bo‘lib, delegatsiya oldiga begona kishilar qo‘yilmaydi. Ikki hafta davomida futbolchilar ham boshqa yumush bilan tashqariga chiqarilmaydi.

Shuningdek, O‘zPFL O‘FA yordamida hakamlar brigadalarini ham alohida obyektda bo‘lishlarini ta’minlaydi. Ular ham karantin qoidalariga to‘la amal qilishi ta’minlanadi. 15-avgustga qadar mamlakatdagi vaziyat yaxshilansa, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi uchrashuvlaridan boshlab uy-safar tizimiga qaytiladi.

Markazlashgan musobaqada kuniga 3 tadan ortiq uchrashuv o‘tkazilmaydi. Hozircha uchrashuvlarning qaysi maydonda o‘tishiga aniqlik kiritilmagan.

Coca-Cola Superliga. 10-tur

3-avgust, dushanba

“Nasaf” — “So‘g‘diyona”

“Bunyodkor” — “Metallurg”

OKMK — “Lokomotiv”

4-avgust, seshanba

“Qo‘qon-1912” — “Paxtakor”

“Mash’al — “Andijon”

“Qizilqum” — “Buxoro”

5-avgust, chorshanba

“Surxon” — “Navbahor”

11-tur

6-avgust, payshanba

“So‘g‘diyona” — “Bunyodkor”

7-avgust, juma

“Paxtakor” — “Nasaf”

“Andijon” — OKMK

“Lokomotiv” — “Qo‘qon-1912”

8-avgust, shanba

“Navbahor” — “Mash’al”

“Metallurg” — “Qizilqum”

“Buxoro” — “Surxon”

12-tur

10-avgust, dushanba

OKMK — “Navbahor”

“Surxon” — “Metallurg”

“Qizilqum” — “So‘g‘diyona”

11-avgust, seshanba

OKMK — “Navbahor”

“Surxon” — “Metallurg”

“Qizilqum” — “So‘g‘diyona”

12-avgust, chorshanba

“Mash’al — “Buxoro”

13-tur

13-avgust, payshanba

“Andijon” — “Paxtakor”

“Lokomotiv” — “Nasaf”

14-avgust, juma

“So‘g‘diyona” — “Surxon”

“Navbahor” — “Qo‘qon-1912”

“Bunyodkor” — “Qizilqum”

15-avgust, shanba

“Buxoro — OKMK

“Metallurg” — “Mash’al”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют