» » Mayk Tayson: Roy Jonsga qarshi jangda haqiqiy Taysonni ko‘rsatishga harakat qilaman

Mayk Tayson: Roy Jonsga qarshi jangda haqiqiy Taysonni ko‘rsatishga harakat qilaman


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson beshta vazn sobiq chempioni Roy Jonsga qarshi kechadigan jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jang 12-sentabr kuni Los-Anjelesda (AQSh) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

“Ikkimiz ham tajribali jangchilarmiz. O‘zimizni eplay olamiz. Biz bilan hammasi joyida bo‘ladi, ishonavering.

Ringda Mayk Taysonni yuz foiz ko‘rsatishga harakat qilaman. Nima qilishni bilaman. Faqat oldinga boraman. Jangda nima bo‘lishini bilmayman, biroq Roy ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Endi biz boshqacha hayot tarziga moslashamiz. Men hech qachon bu qadar ko‘p zarba o‘tkazib yubormagandim. Naqafaga chiqib, o‘z hayotimni davom ettirayotgandim.

Ma’lum tajribaga ega bo‘ldim, endi esa qaytyapman. Tanamga e’tibor qilyapman va ruhiy tomondan boksni tashlab keyin ringga qaytgan avvalgi sportchilardan yaxshiroq holatdaman. Bu ajoyib bellashuv bo‘ladi. Uni intiqlik bilan kutyapman”, — deydi Tayson.

Ma’lumot uchun, Mayk ringdagi so‘nggi jangini 2005-yil o‘tkazgan. Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

51 yoshli Roy Jons esa professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

Roy Jons va Mayk Tayson ishtirokidagi eng sara janglarni tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют