» » O‘zbekiston Oliy sudining 32 yoshli xodimi vafot etdi

O‘zbekiston Oliy sudining 32 yoshli xodimi vafot etdi


O‘zbekiston Oliy sudining 32 yoshli xodimi Baxtiyor Mukadirov pnevmoniyadan vafot etdi.

“Xabar.uz”ning yozishicha, Baxtiyor Mukadirov uch yildan buyon Oliy sudda arxiv mudiri vazifasini bajarib kelgan.

Ma’lum qilinishicha, ahvoli og‘irlashgani sababli 32 yoshli Oliy sud xodimi 23-iyul kuni katta qiyinchilik bilan kasalxonaga joylashtirilgan, 24-iyul kuni Baxtiyor Mukadirov vafot etgan.

Oliy suddagi manba “Daryo”ga Baxtiyor Mukadirovning vafot etganini tasdiqladi.

Bundan avval Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi direktori Baxitbek Elmonov, “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi”ning kapital qurilish bo‘yicha direktori Alisher Abduazizov, “Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda Abror Parpiyev, Markaziy bank raisining sobiq o‘rinbosari Ashur Qodirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rassom Zubaydulla Botirov, “Suvsoz” DUK rahbari Tohir Mirhidoyatov, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo filiali direktori Muhiddin Mamatqulov vafot etgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют