» » APL joriy mavsumining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

APL joriy mavsumining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi


“Liverpul” sardori Jordan Henderson Angliya futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi (FWA) tomonidan Premyer Liga 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

So‘rovnomada ishtirok etgan jurnalistlarning chorak qismi Hendersonni tanlagan. Kuchli uchlikdan “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne va “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford o‘rin oldi.

Bundan tashqari angliyalik yarim himoyachi so‘rovnomada jamoadoshlari Virjil van Deyk va Sadio Maneni ham ortda qoldirgan.

Henderson APL joriy mavsumida “Liverpul”ning 30 o‘yinida ishtirok etib, 4 ta gol urdi va beshta golli uzatma amalga oshirdi.

Mazkur so‘rovnomada 2018-yili “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh g‘olib chiqqan bo‘lsa, 2019-yili “Manchester Siti” hujumchisi Rahim Sterling eng yaxshi bo‘lgandi.

Premyer Liganing 2019/20-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют