» » Virus blokatorlar koronavirusga qarshi kurashda samarali emasmi? Mutaxassis javobi

Virus blokatorlar koronavirusga qarshi kurashda samarali emasmi? Mutaxassis javobi


Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova viruslardan himoya qilish xususiyatiga ega blokatorlar xususida fikr bildirib o‘tdi.

“Virus blokatorlar uni taqqan insonlarning atrofidagi atmosferani tozalab berish, unga yot jinslar, bakteriya va mikroblarning kelishidan himoya qiladi. Ammo biz ularga ishonib oddiy sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmasak, jamoat joylarida niqob va qo‘lqoplarni taqmasak, aholi bilan ko‘p muloqotda bo‘lsak, ularning hech qanday foydasi bo‘lmasligi mumkin”, — deydi mutaxassis.

Odilova, shuningdek, mazkur blokatorlar organizmga havo tomchi yo‘llari, teri orqali viruslarni kirib kelishidan to‘liq himoya qila olmasligini ham bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurash shtabining yana bir a’zosi Habibulla Oqilov ham mazkur blokatorlar inson atrofida tozalikni ta’minlashga qodirligini dalillovchi biror asoslangan ilmiy maqolaga tayanmaganini bildirgan edi. O‘shanda mutaxassis blokatordagi dioksid xlor bug‘ shaklida A gripp virusi faolligini pasaytiradi, buning uchun uni plastik yoki qog‘ozga kiritish emas, balki sepish kerakligi, tajribada moddani faqat bitta kasallik qo‘zg‘atuvchisida sinovdan o‘tkazishgani, biroq ishlab chiqaruvchilar tomonidan barcha mavjud mikroorganizmlardan 99 foizga himoyalashi aytilayotganini ta’kidlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют