» » Jizzaxda bir kunda sodir bo‘lgan 2 ta YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi. Ulardan biri 5 yoshli qizcha

Jizzaxda bir kunda sodir bo‘lgan 2 ta YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi. Ulardan biri 5 yoshli qizcha


IIV huzuridagi Tergov departamenti Jizzax viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalari oqibatida ikki nafar yo‘lovchining vafot etgani haqida xabar berdi.

Birinchi hodisa 2020-yil 24-iyul kuni soat 16:00 da sodir bo‘lgan. 21 yoshli S.B. boshqaruvidagi “ZIL” Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi bo‘ylab “Sayxon” mahallasi tomonidan Jizzax shahriga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida haydovchi tanishlari 18 yoshli A.S. va B.V.ni 200 metrdan keyin tushib qolish sharti bilan avtomashinaning kabinasiga chiqish uchun mo‘ljallangan maxsus zinada olib ketgan. Tik turgan holda ketayotgan 18 yoshli A.S. yuk mashinasining to‘xtashini kutmasdan sakragan. Yigit yo‘lning asfalt qoplamasi ustiga boshi bilan yiqilishi oqibatida olgan tan jarohati tufayli hodisa joyida vafot etgan. Departament xabarida “ZIL”ning, taxminan, soatiga necha kilometr tezlikda harakatlanganiga aniqlik kiritilmagan.

Shuningdek, 24-iyul kuni soat 17:00 da G‘allaorol tumanidan Marjonbuloq shaharchasiga qarab harakatlanib ketayotgan 33 yoshli O.J. boshqaruvidagi Lacetti “Lalmikor” MFY hududida yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli qizchani urib yuborgan. Oqibatda T.E. olgan tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Qizaloq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan. Tergov departamenti Lacetti’ning, taxminan, qanday tezlikda harakatlangani bo‘yicha tafsilotlarni taqdim etmagan.

Departament xabariga ko‘ra, har ikki holat bo‘yicha hodisa joyida tergov tezkor guruhi ish olib bormoqda.

Avval Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 2020-yil 30-may kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 yoshli bola, 16-iyunda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yuz bergan YTHda 5 yashar bola, iyul oyida esa Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Nexia va Damas rusumli avtomashinalar o‘rtasida ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘lgani oqibatda Damas yo‘lovchilari 42 yoshli E.S. va 47 yoshli Sh.E. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют