» » Qashqadaryoda 89 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 19 360 nafarga yetdi

Qashqadaryoda 89 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 19 360 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 2020-yil 24-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 181 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi va kasallanganlarning umumiy soni 19 360 nafarni tashkil etmoqda, deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining

Kun davomida jami 492 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan (soat 10:00 da +118 va 17:00 da +193).

24-iyulda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar, Andijon viloyatida 95 nafar, Sirdaryo viloyatida 63 nafar, Navoiy viloyatida 18 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 10 nafar, jami 323 nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan forig‘ bo‘lgan.

Shu tariqa O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 10 472 nafarni (54 foiz) tashkil qilmoqda. 8782 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda, deyiladi vazirlik axborotida.

15-martdan buyon “Daryo” hisobi bo‘yicha 112 nafar bemor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan. SSV statistikasiga ko‘ra COVID-19 asoratlari oqibatida qayd etilgan o‘limlar soni 107 ta.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. 22-iyulda O‘zbekiston bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari Hakimbay Xalimov 66 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etgani, shuningdek, koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet  Tolibayevning 24-iyul kuni hayotdan ko‘z yumgani haqida xabarlar berilgan. Ammo SSV tomonidan ushbu holatlar haqida axborot berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют