» » Ikki “zapravka” orasida klinika qurishga ruxsat bergan Qarshi shahar hokimi sudda tadbirkorga yutqazdi

Ikki “zapravka” orasida klinika qurishga ruxsat bergan Qarshi shahar hokimi sudda tadbirkorga yutqazdi


Ikki “zapravka” orasida tibbiy klinika qurishga ruxsat bergan Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyev sudda tadbirkorga yutqazdi. Bu haqda sud ishida qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Qarshi shahar ma’muriy sudi 2020-yil 24-iyul kuni shahar hokimi Normo‘min Xolboyevning 2020-yil 3-iyundagi qarorining birinchi bandi — Artro-Med xususiy korxonasiga 40 sotix yer ajratib berish haqidagi qismini haqiqiy emas, deb topdi.

Sudyaning ta’kidlashicha, Normo‘min Xolboyevning sobiq hokim Jamshid Fozilov tomonidan 2019-yil 4-aprel kuni imzolangan va sud tomonidan bekor qilingan qarorini qonun talablariga muvofiqlashtirishining o‘zi qonunga zid harakat hisoblanadi.

“Hokim Normo‘min Xolboyev sobiq hokimning sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilgan qarorini qonunga muvofiqlashtirgan. Hokimning mana shu harakatining o‘zi qonunga xilof”, — dedi jarayonga raislik qiluvchi sudya.

Sudyaning fikricha, shahar hokimligida ushbu qarorni tayyorlagan mutaxassislar ushbu harakatning qonunga zidligini anglab yetmagan.

Qarshi shahar ma’muriy sudi 2020-yil 24-iyuldagi qarori bilan tadbirkor Baxtiyor Rahimovning talabini qondirdi.

Sud qaroriga ko‘ra, endilikda Baxtiyor Rahimov rahbarligidagi yonilg‘i quyish shoxobchasidan yangi qurilayotgan klinika binosigacha eni 20 metr, bo‘yi 78 metr bo‘lgan maydon qoldirilib, muhofaza maydoni sifatida devor bilan o‘raladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют