» » A Seriyaga yo‘llanma olgan ikkinchi klub ham ma’lum bo‘ldi

A Seriyaga yo‘llanma olgan ikkinchi klub ham ma’lum bo‘ldi


“Krotone” klubi B Seriya 36-turida “Livorno”ni yirik hisobda yengdi (5:1).

Mazkur g‘alaba tufayli klub Italiya ikkinchi divizionida ikkinchi o‘rinni naqd qildi va A Seriya yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Shu tariqa “Krotone” o‘z tarixida ikkinchi marta Oliy divizionga chiqdi. Klub 2016/17-yilgi mavsumda A Seriyada debyut qilgan, biroq kelasi mavsum yana B Seriyaga ravona bo‘lgandi.

Jamoa ortda qolgan 36 uchrashuvda 62 ta gol urdi va B Seriyadagi shaxsiy rekordini yangiladi.

Avvalroq Filippo Inzagi qo‘l ostidagi “Benevento” klubi A Seriya chiqish masalasini hal qilib qo‘ygandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют