» » “Real” transferlar uchun 180 million yevro sarflaydi. Klubni esa 10 dan ortiq futbolchi tark etadi

“Real” transferlar uchun 180 million yevro sarflaydi. Klubni esa 10 dan ortiq futbolchi tark etadi


“Real” yozgi transferlar oynasidagi transfer xaridlari uchun 180 million yevro sarflashni rejalashtirmoqda. Madrid klubi koronavirus pandemiyasi davridagi moliyaviy inqiroz tufayli yirik transferlarga qo‘l urmaydi.

“Real”ni shu vaqtgacha Ashraf Hakimi (“Inter”) va Xavi Sanches (“Valyadolid”) tark etib bo‘ldi. “Qaymoqranglilar” bu ikki transferdan umumiy hisobda 43,5 million yevro daromad ko‘rdi.

Marca’ning yozishicha, Ispaniya La Ligasining amaldagi chempioni 10 dan ortiq o‘yinchi bilan xayrlashmoqchi. Yarim himoyachi Xames Rodriges va qanot vingeri Garet Beyl transferga qo‘yiladi. Shuningdek, klubni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida Oskar Rodriges, Dani Sebalyos, Xesus Valyexo, Mariano Dias, Braim Dias, Andrey Lunin, Serxio Regilon, Martin Edegor, Lukas Vaskes, Nacho Fernandes, Daniel Gomes va Xorxe de Frutos ham bor.

“Real” 2019-yilning yozida “Ayntraxt”dan 60 million yevroga sotib olingan hujumchi Luka Yovich bilan xayrlashmoqchi emas. Klub rahbariyati 22 yoshli serbiyalik futbolchini ijaraga berishni rejalashtirmoqda.

“Real”ning La Liga 2019/20-yilgi mavsumida urgan 70 ta golini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir: Garet Beyl “Real”ni tark etadimi? Uning agenti javob berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют