» » Germaniyalik olimlar koronavirus 8 metrlik masofadan ham yuqishi mumkinligini aniqladi

Germaniyalik olimlar koronavirus 8 metrlik masofadan ham yuqishi mumkinligini aniqladi


Germaniyalik olimlar COVID-19 koronavirusining yuqishi sakkiz metr masofadan ham sodir bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keldi. Bu haqda Gelmgolts yuqumli kasalliklarni tadqiq qilish markaziga (HZI) tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, olimlar may oyida Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeridagi go‘shtni qayta ishlash zavodida koronavirusning tarqalish sabablarini o‘rgangan. Gyuterslo okrugidagi T?nnies konsernida 1500 dan ortiq xodim kasallangan. Go‘shtni qayta ishlash zavodida kasallik avj olgani sababli 2 mingdan ortiq COVID-19 bilan kasallanish holati aniqlangan.

Olimlar koronavirusning korxonada tarqalishi bilan bog‘liq voqealarni qayta qurib, uning bir odamdan bir necha kishiga sakkiz metrdan ko‘proq radiusda yuqishini aniqladi. COVID-19’ning tarqalishi, asosan, havo aylanishi bilan sovitiladigan xonada sodir bo‘lgan.

“Bizning tadqiqotlarimiz SARS-CoV-2 infeksiyasi ish joyida har xil omillarning kombinatsiyasi kasallikni uzoq masofalarga tarqalish imkonini yaratishini tushuntiradi. Endi koronavirusning boshqa sohalarda tarqalishiga qanday sharoitlar sabab bo‘lishi haqida muhim savol tug‘iladi”, — dedi Braunshveyg texnologiya universiteti professori va HZI tadqiqot guruhining rahbari Melani Brinkmann.

Tadqiqotning hammuallifi va Geynrix Pette institutining eksperimental virusologiya ilmiy-tadqiqot guruhi rahbari, professor Adam Grundxoffning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot natijalari past harorat va toza havo bilan yetarli darajada ta’minlanmaganlik fabrikalarda uzoq masofalarga koronavirus tarqalishiga yordam berishini ko‘rsatdi.

“Ushbu omillar butun dunyo bo‘ylab go‘sht va baliqni qayta ishlash zavodlarida yuzaga keladigan virus tarqalishida hal qiluvchi rol o‘ynashi ehtimoldan xoli emas. Aftidan, bunday sharoitlarda infeksiya yuqtirishning oldini olish uchun 1,5 metrdan 3 metrgacha masofa yetarli bo‘lmaydi”, — deb ta’kidladi u.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют